Otash Hijron va Dildora - Unutolmayman qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Unutolmayman

[Otash Hijron]
Nima qilay, unutolmayman?
Xayolimdan ketmaysan sira.
Hamma narsa seni, seni eslatar,
Go`yo borliq – sendan xotira.

[Dildora]
Nima qilay, unutolmayman?
Imkon bermas hatto uyqular.
Xayolimda yashaydi hamon
Men yig`lasam, o`sha kulgular.

[Otash Hijron va Dildora]
Unutolmayman, nega unutolmayman?
Yetolmayman, manzilim yiroq.
Unutolmayman, nega unutolmayman?
Bugun bizni ajratdi firoq.

[Dildora]
Nima qilay, unutolmayman?
Izlaring bor, yursam yo`limda.
Xazonlardek sochilib ketdi
Maktublaring mening qo`limda.

[Otash Hijron]
Nima qilay, unutolmasam?
Hasratlarni qilolmasam bas.
Axir qanday, qanday unutib yashay?
Yoding bilan olaman nafas.

[Otash Hijron va Dildora]
Unutolmayman, nega unutolmayman?
Yetolmayman, manzilim yiroq.
Unutolmayman, nega unutolmayman?
Bugun bizni ajratdi firoq.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutolmayman
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2018