Yurak-yurakdan sog`inib ketdim,
Hattoki o`zimdan qizg`onar edim,
Lek javobing shumi, bevafo, ayt?

Yana, yana mani tongdan egallab oldi dard,
Yuragimni qo`yib yubor, ey xasrat.
Unda qolmadi hech qanday nafrat,
Armonlar bilan ko`z yoshlarim art.

Baribir endi yo`q o`sha muhabbat,
Hammasi yonib-kuyib, bir balolarga uchradi.

Uning yuzlari zebo, qora ko`zlari shahlo,
Uning so`zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki hatto eslamaydi.

Uning yuzlari zebo, qora ko`zlari shahlo,
Uning so`zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki endi hatto eslamaydi.

Yana xuddi mani birinchi bora ko`rganday,
Xuddi-xuddi hech narsa bo`lmaganday,
Kulib qarab turibsan, jonim.
Yana xuddi mani hech qachon sevmaganday,
Xuddi mani hech qachon sog`inmaganday,
Qanday qilib yuribsan, jonim?

Yana bilaman, endi qaytmaysan,
Sog`insam-da qaytgin demayman.
Afsuslardan endi na foyda?
Bugunmi, ertami unutaman.

Baribir endi yo`q o`sha muhabbat,
Hammasi yonib-kuyib, bir balolarga uchradi.

Uning yuzlari zebo, qora ko`zlari shahlo,
Uning so`zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki hatto eslamaydi.

Uning yuzlari zebo, qora ko`zlari shahlo,
Uning so`zlari a’lo, qildi mubtalo.
Yuragim qiynama mani, u endi qaytmaydi,
Balki endi hatto eslamaydi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zebo
Xonanda:
Shohruz (Abadiya)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2018