Shoshma fevral, sokin shahar,
Uni hamon sog`inmoqdaman.
To`xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so`nggi mahal
Biz kutgan qor yog`averar.
To`xta fevral, yurak so`rar,
Sen ketsang, u ham ketar.
Yo`llar uzun, hamrohim tun,
Yolg`izlanib qolgandekman.
Sensiz shahar ichra bugun
O`zimni yo`qotgandekman.
Maydalab tomchilar, yomg`ir yog`averar,
Berkitgandek ko`z yoshimni.
Vaqt to`xtamay o`taverar,
Go`yo sinab bardoshimni.
Shoshma fevral, sokin shahar,
Uni hamon sog`inmoqdaman.
To`xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so`nggi mahal
Biz kutgan qor yog`averar.
To`xta fevral, yurak so`rar,
Sen ketsang, u ham ketar.
Sevmayman, deb aytgin bir bor,
Sevgan ko`zlarimga qarab.
Sen yiroqlab ketding nogoh,
Yashayabman kunlar sanab.
Orzular manzili doim birga edi,
O`xshardik bir-birimizga.
So`nggi bekat o`zga bo`ldi,
Yetolmadik sevgimizga.
Shoshma fevral, sokin shahar,
Uni hamon sog`inmoqdaman.
To`xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman.
Shoshma fevral, so`nggi mahal
Biz kutgan qor yog`averar.
To`xta fevral, yurak so`rar,
Sen ketsang, u ham ketar.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 18, 2018