Sevgilim, jonu-dilim,
Asli o`zing gullolasan.
Muncha, lobar, buncha sho`x,
O`ynab oqar shalolasan.
Gohi o`ynab, goh kulib,
Qalbimga o`tlar yoqasan.
Jismu-jonim qaqshatib,
Yorim, qayerga borasan?
Qaysi gulshan bulbulig`a
Aytchi, sen dilporasan?
O`rgilay sendan, go`zal yor,
O`zga yorni yor dema.
Bir yurakda asli sen,
Ikki muhabbat bor dema.
Bir ko`rib oshufta holing,
Ko`zlari xumor dema.
Jismu-jonim qaqshatib,
Yorim, qayerga borasan?
Qaysi gulshan bulbulig`a
Aytchi, sen dilporasan?
Tashlama yolg`iz meni,
Ko`p xor etib sevgimni sen.
O`tga otma jonu-dilim,
Ko`p zor etib mehrimni sen.
Elu-yurt oldida nomim,
Xor etib sevgimni sen.
Jismu-jonim qaqshatib,
Yorim, qayerga borasan?
Qaysi gulshan bulbulig`a
Aytchi, sen dilporasan?
Qaysi gulshan-ey bulbulig`a
Aytchi, sen dilporasan?
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 26, 2018