Isfira - Netay qo'shiq matni, lyrics

Isfira

Netay

Yuragim g`amgin bugun,
Yonimda yo`qliging
Holimni qilar mahzun,
Nega achinmading?

Pok tuyg`ularni xarob,
Orzularimni sarob,
Yuragimga ming azoblar
Solding, ketding.

Yomg`irlar yog`ib o`tdi,
Ammo yuvolmadi,
Qalbimda sen qoldirgan
Bu qora dog`larni.

O`zganing mehri sig`mas,
Qalbim azobga qafas.
Azoblar tark etolmas
Meni bir nafas.

Netay,
Azoblaringdan qochib, qayga ketay?
Sendan o`zgani jonim, qanday sevay?
Hattoki tushlarimda sensan, tinch qo`y,
Unutay, seni unutay. (x2)

Hayotimga kirib kelding,
Halovatim olib.
Ilk sevgan edim,
Qalbimga hayajon to`lib.

Nahotki yolg`on edi,
Nahotki sevmas eding?
Nega unda sevishga o`rgatib,
Mendan ketding?

Ishonolmas axir,
Sen ham meni sevarding.
Hech kimga ishonmay,
O`zgalardan qizg`onarding.

Bularning bari sarob,
Sof tuyg`ularim xarob.
Hayotimni ming azoblarga
Ko`mib ketding.

Netay,
Azoblaringdan qochib, qayga ketay?
Sendan o`zgani jonim, qanday sevay?
Hattoki tushlarimda sensan, tinch qo`y,
Unutay, seni unutay.

Netay…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netay
Xonanda:
Isfira
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018