Bilmading ko`zlarimdan,
Dardimni anglolmading.
Sog`inganimda tunlar
Bedor, bir yo`qlamading.
Borimdan kechib, faqat
Bir senga ishongandim.
Shunchalar ishonardim –
Yuragimni bergandim.
Afsuski, endi orqaga
Qaytmaydi u kunlar.
Sog`inchdan yana
Xohlamasam ham qalbim tirnar.
Ne qilay, qocholmasam,
Barini unutolmasam,
Yuragim bo`ysunmasa menga?
Hali kun kelar, ishonaman,
Afsuslaringla qaytarsan.
Qadrimni bilib, mehrimga talpinib,
Sog`inching aytarsan.
O`zgalardan meni izlab,
Hali ko`p bora sarson bo`larsan.
Lekin kech bo`lar qadrim bilganingda,
Afsus chekarsan. (x2)
Tun kechalar bedorman,
Bemor qalb mahzunlikda.
Parishonman holatim,
Sarsonman sensizlikda.
Yo`q iloji, majburman,
Ko`nikarman albatta.
Ishonolmasman, nahot
Voz kechding muhabbatdan?
Sog`indim yomon, holatim ayon,
Beg`ubor u kunlar qaytmas begumon.
Seni eslamay, hotirjam yashay,
Sen ham eslamagin, batamom unutay.
Hali kun kelar, ishonaman,
Afsuslaringla qaytarsan.
Qadrimni bilib, mehrimga talpinib,
Sog`inching aytarsan.
O`zgalardan meni izlab,
Hali ko`p bora sarson bo`larsan.
Lekin kech bo`lar qadrim bilganingda,
Afsus chekarsan. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 3, 2018