Bog`lanadi do`stlik ipi vafo bilan, {x2}
Jondek do`sting dushman bo`lar jafo bilan.
Yuklamagin do`st ustiga ayb tog`ini, {x2}
O`zi bilmay qilgan kichik xato bilan. {x2}
Olam ichra bordir inson necha alvon,
Ba’zilar bor, shakli inson, fe’li hayvon. (x2)
Bamisoli birovlar don, birov somon, {x2}
Asl odam yurar sharmu-hayo bilan,
Yaxshi odam yurar sharmu-hayo bilan.
Inobatga olma hargiz savlatini,
Sarhisob et go`zal hulqu-hislatini. (x2)
O`lchamagin aslo uning qimmatini {x2}
Egnidagi kiygan asl mato bilan. {x2}
Tomaversa toshlarni ham teshar tomchi,
Yaxshi bedov badaniga tegmas qamchi. (x2)
Yomon otni savalamay minib boq-chi, {x2}
Ahmoq kaltak, aqli donish imo bilan. {x2}
Besh panjangga tashlab nazar, ibrat olgin,
Pastu-baland, birov ketin, birov oldin. (x2)
Mehnat bilan dag`al qo`l ham bo`lar oltin, {x2}
Bekor barmoq bo`lmas go`zal xino bilan. {x2}
Es-hushingni solib ishga, Yodgor baxshi,
Farq aylagin qay bir yomon, qay bir yaxshi. (x2)
Gulshan ichra barcha gulning bo`lgin naqshi, {x2}
O`qi odob maktabida a’lo bilan. {x2}
Bog`lanadi do`stlik ipi vafo bilan,
Jondek do`sting dushman bo`lur jafo bilan.
Yuklamagin do`st ustiga ayb tog`ini,
O`zi bilmay qilgan kichik xato bilan. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 5, 2018