Chambar qilib bog`labsan
Boshingga ro`molingni. (x2)
Vatan ishqi qurshabdi-yey
Fikringni, xayolingni. (x2)
Mehnatining yo`lida
El bahramand bo`lsin deb, (x2)
Ihlos bilan asrabsan-o
Novda-yu niholingni. (x2)
Har mevangga solib sen
Baxt-u gulgun yuzingga. (x2)
Kishmishingga o`xshatdim-ey
Yuzingdagi xolingni. (x2)
Anjiringdan yeb ko`rdim,
Husayningdan yeb ko`rdik,
Tilni yordi lazzati.
Sharbat qilib berdingmu
Labingdagi bolingni?
Charoslaring, jonginam,
Ko`zlaringning surati.
Anoringda, olmangda
Aksi bor jamolingni.
G`uncha ochdi guli deb,
Mani husni dilimda.
Orzusidir hamisha-yo
Ko`nglimda visolingni.
Chambar qilib bog`labsan
Boshingga ro`molingni.
Vatan ishqi qurshabdi-yey
Fikringni, xayolingni.
Kishmishingga o`xshatdim-ey
Labingdagi xolingni.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 16, 2018