Boshida shoxi bormu bu qizni,
Qaramaydi?
Biz ham uncha-munchasiga qaramaymiz,
Bilmaydi.
Enam, enam,
Enam aytuvdi: “Bor o`glim, ko`rish”,
“Ha yoqmadiku, enajon,
Juda katta gapirar emish.”
Boshida shoxi bormu bu qizni,
Qaramaydi?
Biz ham uncha-munchasiga qaramaymiz,
Bilmaydi.
Dadam, dadam,
Dadam aytuvdi: “Bor o`glim, ko`rish”,
“Ha yoqmadiku, dadajon,
Juda katta gapirar emish.”
Bo`rivoy, Bo`rivoy, Bo`rivoy,
Bo`rivoy akaning qizi manga qaramadi, (yo`q)
Qaramadi. (x2)
Nima deyapti?
O`zicha ko`zoynagini yechmasdan,
Biz bolalarni mensimaydi.
Panji, Jonibek, Ahad jo`ram
Ruscha gapira bilmaydi.
Jo`ram, Jo`ram,
Jo`ram aytuvdi: “Qo`y jo`ra, qishloqdan top”.
Bilmaysanda Rayimjon,
Ruschada “lyublo yemu”.
“Ochkicha”sini yechmasdan,
Biz bolalarni mensimaydi.
Panji, Jonibek, Ahad Qayyum
She’r yozishni bilmaydi.
Jo`ram, Jo`ram,
Jo`ram aytuvdi: “She’r beray, qo`shiq ayt”.
Ha bilmaysanda Ahadjon,
She’rlaring o`tmas emish!
Bo`rivoy, Bo`rivoy, Bo`rivoy,
Bo`rivoy akaning qizi manga qaramadi, (yo`q)
Qaramadi. (x2)
Agar manga rozi bo`lsang,
Ahad jo`ram she’rlaridan
Kuy bastalab, saning uchun
Ashula aytaman.
O`, Panji, san ashula aytma Panji,
San katta ketma, Panji.
Mana men aytaman, Mitxun Chakraborti,
Qara. (“Xi”dan chalingda aka)
Bo`rivoy, Bo`rivoy, Bo`rivoy,
Bo`rivoy akaning qizi manga qaramadi,
Qaramadi. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 18, 2018