Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxon,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxon.
(Ko`ngil qo`ygan go`zalginam biram bag`ritosh,
Agar ko`ndira ololsam, shanba kuni osh,
Jo`ralarga choyxonada shanba kuni osh.)
Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxon,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxon.
Bo`pti-bo`pti, degandi-ya Nasibaxonim-a,
Lablarini burib ketdi Nasibaxonim-a.
Bo`pti-bo`pti, degandi-ya Nasibaxonim-a,
Lablarini burib ketdi Nasibaxonim-a.
Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxonim-a,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxonim-a. (x2)
Baland-baland uylardami, pastakkina joylardami?
Qaylarda ekan Nasibam-ey?
Agar topib olsam, mendan ko`rarin ko`rar,
Menga yor-u onamginamga kelin bo`lar.
Agar topib olsam, mendan ko`rarin ko`rar-ey,
Menga yor-u onamginamga kelin bo`lar-ey.
Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxonim-a,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxonim-a. (x2)
Gaplaringga besh ketaman, Nasibaxon,
Baribir senga yetaman, Nasibaxon. (x2)
Qancha sabr kerak bo`lsa, men kutaman,
Bir kun kelib, obketaman Nasibaxon. (x2)
Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxonim-a,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxonim-a. (x2)
Bir kun nasib qilib qolar Nasibaxonim-a,
Muhabbatim bilib qolar Nasibaxonim-a.
Nasib qilmadi-ya menga Nasibaxonim-a,
Muhabbatimni sezmadi Nasibaxonim-a.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 16, 2018