Jonimdan o`tadi bugun alamlar,
Seni avradimi qoshi qalamlar?
Isming aytib yondim yuragim bilan,
Lek sendan kelmadi dilga malhamlar.
Bo`lsam ham ado, bilmading ammo,
Qolgin mensiz, alvido…
Endi man ketaman,
Jonim, seni tark etaman.
Izimni izlama, vaslimni ko`zlama,
O`z baxtimga yetaman! (x2)
Qulog`im charchadi yolg`on so`zingdan,
Asling bilolmasman hatto ko`zingdan.
Tosh yuraging bilan qolaver endi,
Bir vafo ko`rmadim, jonim, o`zingdan.
Bo`lsam ham ado, bilmading ammo,
Qolgin mensiz, alvido…
Endi man ketaman,
Jonim, seni tark etaman.
Izimni izlama, vaslimni ko`zlama,
O`z baxtimga yetaman! (x2+x3)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 16, 2018