Seni sevdim,
Sen baxtim gullari bo`lding,
Hayotimda yoritgan nur bo`lib kelding.
Kunlar o`tar bo`ldi,
Endi dillarimiz o`xshaydimu xazonlarga?
Sensiz yasholmasdim,
Endi ishonchlarim aylandimu gumonlarga?
Bo`l yonimda, yori-joning o`zim bo`lay,
Hayotingda vafodoring bo`lay. (x2)
Seni ko`rdim, esladim baxtimizni, yor,
Quvonchlarda o`tkazgan vaqtimizni, yor.
Hayot etsa davom,
Yurak alamlarga o`rgandimu, nigorim?
Mendan ketgan mahal
Ko`zlaring yoshlarga to`lgandimu, nigorim ?
Bo`l yonimda, yori-joning o`zim bo`lay,
Hayotingda vafodoring bo`lay. (x2+x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 16, 2018