[Monolog]
Yillar o`tgan sari kimning kimligini bilib yashayverarkansan.
Hayot senga shunday sovg`alarni tayyorlar ekanki, sovg`aning ichida nima borligini bilmas ekansan.
Sayrab-sayrab, nola aylab, jo`shma bulbul,
O`zim hayron bilolmay, o`ng-tushmi bulbul.
Alamlarim, hasratlarim bag`rim tilar,
Sen ham yana dardimga dard qo`shma bulbul. (x2)
Sen ozodsan, sen erkinsan, uchib har yon,
Tashvishing yo`q, parvozdasan kezib sayron.
Shu sababdan beparvosan menga hayron,
Bag`rim o`rtab, kel haddingdan oshma bulbul. (x2)
Ko`zingni och, har qadamda qopqonlar bor,
Xirsi baland, nafsi ummon, o`pqonlar bor.
Shakli inson, vale fe’li hayvonlar bor,
Uzoqlarda tuzoqlarga tushma bulbul. (x2)
Farq etolmay qoldim na tush va na ro`yo,
Devonaga aylaniblar qoldimmi yo?
Men ham edim seningday bulbuligo`yo,
Sen ham mening holatimga tushma bulbul. (x2)
Ustoz Navoiyning baytin bir eslagil,
Deyibdirlar, bandilikda yayramas dil.
Tikan sanchib, ozor berar hattoki gul,
Loqayd bo`lib, ogohlikdan kechma bulbul.
Tikan sanchib, ozor berar hattoki gul,
Loqayd bo`lib, ogohlikdan kechma bulbul.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 2, 2018