Kechalar kipriklarimda
Tarkihol aylar xayol,
O`z hayotimdan o`zimga
Sarhisob aylar xayol.
O`z hayotimdan o`zimga
Sarhisob aylar xayol.
Qissa aytur moziying goh
Ertadan afsona ham.
Goh savol aylar ko`ngilga,
Goh javob aylar xayol.
Goh savol aylar ko`ngilga,
Goh javob aylar xayol.
Ko`kda suzgan oyning ko`zga
Bir kishi fonus qilib,
Pirpirab yonguvchi shamni
Mohitob aylar xayol.
Pirpirab yonguvchi shamni
Mohitob aylar xayol.
Bor ekan inson qo`lida
Orzu yoqqan chiroq,
Shu chiroqni o`ylab,
Bir kun oftob aylar xayol.
Men xayolni she’rga soldim,
O`y-faraz o`lma valek.
Besabab bo`lsa seni
Bir kun xarob aylar ahyol.
Bo`lgin erkin, har nafas
Ezgu-xayolga oshno.
Pok esa niyat seni
Olijanob aylar xayol.
O`z hayotimdan o`zimga
Sarhisob aylar xayol.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 21, 2018