O`tdi qancha bahor-u yoz,
Jondan o`tdi sog`inch bir oz.
Dardlaridan bo`lmadim halos,
Oh-fig`onlar esingdami?
Sen ketib, sho`xligim tindi,
Olovli cho`g`ligim tindi,
Sinovlarda sabrim sindi,
Imtihonlar esindami?
Xotiram tinch qo`ymas yana,
Yomg`ir yoqqan bir ul sana.
Ikkimizga bo`lgan pana
Soyabonlar esingdami?
O`sha ajib, o`sha sirli,
O`sha onlar esingdami?
Bizlar birga bo`lgan nurli
Bir zamonlar esingdami?
Lov-lov yongan nigohlaring,
Qaltiragan barmoqlaring,
Aytilmagan firoqlaring,
Hayajonlar esingdami?
(Esingdami… esingdami…
Esingdami, jonim, esingdami…)
Ohlarim osmon-u falak,
Hijroningda jonim halak,
Qalbimni o`t qilgan tilak,
Kuydi jonlar esingdami?
Olis-olislarga ketding,
Biz tomonlar esingdami?
Yaxshi deb, kimlarga yetding?
Biz yomonlar esingdami?
O`sha ajib, o`sha sirli,
O`sha onlar esingdami?
Bizlar birga bo`lgan nurli
Bir zamonlar esingdami?
Lov-lov yongan nigohlaring,
Qaltiragan barmoqlaring,
Aytilmagan firoqlaring,
Hayajonlar esingdami?
O`tdi qancha bahor-u yoz,
Jondan o`tdi sog`inch bir oz.
Dardlaridan bo`lmadim halos,
Oh-fig`onlar esingdami?
(Esingdami… esingdami…
Esingdami…)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 27, 2018