Afsus, hamma aytgan so’zlaring
So’zligicha qoldi umrbod,
Aldab meni shahlo ko’zlarim,
Hayotimni qildilar barbod.
Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq solmadim.
Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yo’llarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda bo’lib quyoshim,
Jamolimga xol qo’ymoqchiding?
Mana o’tdi necha fasllar,
Bardoshginam tugadi mening,
Ko’zlarimdan oqqan yoshlarim
Daryo bo’lib oqizsin seni.
Shirin tilakdan, tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim,
Ha demagin desalar yonib,
Qaramadim, quloq osmadim.
Yodingdami, tunlarimda oy bolib mening,
Yodingdami, yo’llarimni yoritmoqchiding,
Yodingdami, kunduzimda bo’lib quyoshim,
Jamolimga xol qo’ymoqchiding? (x3)
Yodingdami?
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 15, 2014