Tashnaligim qondirgan buloq,
Ko`ksimda o`t yondirgan firoq. (x2)
Qancha ketar bo`lsamda yiroq,
Shuncha yaqin sog`inganlarim. {x2}
Haq – otamning tuzgan tuzugi,
Yo`l – onamning to`zgan urchug`i. (x2)
Qo`shnimizning hatto puchug`i,
Ko`z o`ngimda sog`inganlarim. {x2}
Toychog`im ham tulpor bo`lgandur,
Qo`shni qiz ham dildor bo`lgandur. (x2)
Uylariga sovchi kelgandir,
Havotirim – sog`inganlarim.
Suv botirib yegan kulcha non,
O`rnim bormu qatorda hamon? (x2)
Doimo siz bo`ling sog`-omon,
Diydor qadar sog`inganlarim.
Tashnaligim qondirgan buloq,
Ko`ksimda o`t yondirgan firoq. (x2)
Qancha ketar bo`lsamda yiroq,
Shuncha yaqin sog`inganlarim. (x2)
Shuncha yaqin sog`inganlarim… {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 2, 2018