Karen Gafurjanov - Men seni qanday sevardim qo'shiq matni, lyrics

Karen Gafurjanov

Men seni qanday sevardim

Qanday nurli edi ishq bahorimiz,
Osmondan yulduzlar to`kilar edi.
Ayt, qachon tugadi baxt, alyorimiz?
Ayt, nechun yuraklar anduhga to`ldi?

Xayol daryosida mavjlanib oqdim,
Turmushni peshladim, dedim: kasbi-kor.
Sendan uzoqlashib, qayda uloqdim?
Muhabbatdan aziz aytgin, nima bor?

Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil.

Olis-olis ketdik bir-birmizdan,
O`rtada yetimdek bo`zlaydi sevgi.
Nahot, endi ayanch taqdirimizdan
Faqat armonlarni eslaydi sevgi?

Ko`kka bo`y cho`zadi faryodu-ohim,
Eslasam, o`t bo`lgan bag`rim tig`layman.
Sening zavolingda mening gunohim,
Kechirgaymi aybim Xudo, bilmayman.

Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil. (x1+x1)

Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men seni qanday sevardim
Xonanda:
Karen Gafurjanov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2018