O`g`ilning otaga mehri yo`q, qarang,
Akaning ukaga qadri yo`q, qarang.
Qorindan talashib tushgan jigarlar
Onasin yo`qlashga vaqti yo`q, qarang.
Sizlarga ne bo`ldi, odamlar, bugun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Boshingga qo`nganda davlat qush, omad,
Atrofingda to`lar soxta do`st, ulfat.
O`likmi, tirikmi, deb bir yo`qlamas,
Yelkangga ozgina tushganda kulfat.
Nahotki, sotarlar do`stin pul uchun?
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?
Jon qo`shning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar,
Jigaring ozgina yaxshilik qilib,
Salomni minnatdan boshlasa agar.
Onaga talpingan go`dakdek shogird
Ulug` ustozining ta`limin olib,
Sal o`tmay raqobat tishlarin qayrar,
Ustozning bor ilmin egallab bo`lib.
Nahotki, mol dunyo odamdan ustun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Bu millat mehrdan qaddin rostlagan,
Vatanning yuziga oyoq bosmagan.
Sayyohlar atayin ko`rib ketardi –
O`zbek darvozaga zanjir osmagan.
Oh qulflar osildi, qalbda qo`rg`oshin,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Bir iflos manmanlik bulg`abdi ichin,
Ado etolmabdi qasamin, burchin.
Ey Ahad, besh kunlik dunyo o`tkinchi,
Yashamoqdan ma’no nedur, aytginchi?
Hayvondek nafs quvsa inson bolasi,
Vijdon kuyib ketsa, dilning tayanchi.
Hech kim bo`lolmaydi dunyoga ustun,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Sevgan oshiqlarda vafo qolmadi,
Yoshlar muhabbatning darsin olmadi,
Erkakmijoz ayollarning yuzini
Ayolmijoz erkaklar ko`rolmadi.
Sezolmadilar libosda ichin,
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 23, 2019