Tinchim tamom bo`ldi, orom yo`q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va handa.
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda,
Qaydan ham, oh, seni ko`rdim o`shanda?
Man qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)
Har lahza tegrangda parvonaman, gul,
Izma-iz yuraman, devonaman, gul.
Poyingda hokisorman, ostonaman, gul,
Hasrating tuganmas so`zonaman, gul.
G`am yukin yurakda shuncha o`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)
Dil olgan qora soch, qora qoshlaring,
Ko`zimni ko`r qilgan ko`z qarashlaring.
Rashk o`tin yoqarlar do`st-sirdoshlaring,
Ko`nglimga urilur ta’na toshlaring.
Ne yomonlik kelsa, yaxshiga yo`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)
Qancha alam o`tdi, chidadim rosa,
Necha g`animlarla aylab murosa.
Sendan kecholmadim palagi toza,
Yana seni dedim ko`nglimni ezib.
Mehrsizlik aro cho`kdim o`yib men,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman.
Umrim ketsin seni so`rab, so`roqlab,
Tashlab ketma endi yuragim bog`lab.
Mayliga, mahliqo sen dog`lab, dog`lab
Bir vafo qil, so`ngra o`ldir qiynoqlab.
Men oshiq jonimdan bugun to`yibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)
Tinchim tamom bo`ldi, orom yo`q tanda,
Lablarimda qotdi shodlik va handa.
Shundan buyon oyoq-qo`lim kishanda,
Qaydan ham, oh, seni ko`rdim o`shanda ?
Men qattiq sevibman, qattiq suyibman,
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman. (x2)
Boshimni zo`r ishga berib qo`yibman…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 13, 2019