Ziyoda - Qaro ko'zlar

Ziyoda

Qaro ko’zlar

Holimni zabun etgan, o’rgilay, mastona qaro ko’zlar, (x2)
Aqlimni sochib ketgan, o’rgilay, janona shirin so’zlar. (x2)

Dildorim firoqida yondirdi, yurak yondi,
Bo’lmaydi namoyishkor, aylanay, gulshanda chaman yuzlar.
Bo’lmaydi namoyishkor, o’rgilay, gulshanda chaman yuzlar.

Sir izlab qaro tunda uyqumni xarob etdim,
Yozmishdim qaro kor ne bad, o’rgilay, oy qo’ynida yulduzlar.

Bir bo’lsa nasibamki, gulshanga havo bo’lding,
Oxir bu nechuk bedor, aylanay, rashk ayladi kunduzlar.
Oxir bu nechuk bedor, o’rgilay, rashk ayladi kunduzlar.

Holimni zabun etgan, o’rgilay, mastona qaro ko’zlar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaro ko’zlar
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 4, 2014

O'xshash qo'shiqlar matnlari