Xorazm san’ati bir meros o`lmas!
Xorazm san`ati bir meros o`lmas
Kuy-nazm bo`stoni, bir bog` so`nmas. (x2)
O`z sozimiz, o`z so`zimiz bo`lib durib,
O`z sozimiz, o`z so`zimiz bo`lib durib(ay),
Qandoq bo`lor (ay), yot sozloro qo`ysoq havas,
Nechuk bo`lor (ay), yot sozloro qo`ysoq havas?
Ustozlordon qolg`on sozloro qoytib,
Xorazmcha “Lazgi”, “Lapar”lar oytib,
Ustozlordon qolg`on sozloro qoytoli,
Xorazmcha “Lazgi”, “Lapar”lar oytoli.
Ohey, oh, ohey…
Xorazmning ko`rki cho`girma-chapon,
Havas qilsin biza Turk-Azarbayjon. (x2)
Ming shukurki, ming yillik sozimiz bor,
“Lazgi”mizdan bilar bizni geng jahon. (x2)
Ayy, ustozlordon qolg`on sozo qoytoli,
Xorazmcha “Lazgi”, “Lapar” oytoli.
Ustozlordon qolg`on sozo qoytoli,
Galing do`stlor, Xorazmcha oytoli,
Ustozlordon qolg`on sozo qoytoli.
Olmo pishganni oytib, arik pishganni oytib,
Olmo pishganni oytib, teyina tushganni oytib,
Oqshom borg`on elotimo, yenam boromon qoytib,
Ikki borg`on elotimo uch ham boromon qoytib.
O`zimiza qoytoli, Xorazmcha oytoli. (x2)
Hajixon buvomizni, Komiljon ustomizni,
Sherozi buvomizni, Otojon ustomizni,
Pok ruhlari qo`llasin Jummi Shix otomizni,
Oto-boboyi meros, bizlara qolg`on bu soz. (x2)
Yetsin agar murodino, agar aylasa e’zoz. (x2)
O`zimiza qoytoli hay, Xorazmcha oytoli, (x2)
Xorazmcha oytoli hay, o`zimiza qoytoli. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 23, 2020