Gul sotasiz – o`zingiz gul,
Rayhon bo`yli so`zingiz gul.
Lolalarning rangi urgan
Kulib turgan yuzingiz gul. (x2)
Hayri gullar hayr etmaydi,
Ko`zingiz ko`zdan ketmaydi. (x2)
Qancha go`zal bo`lmasinlar,
Bu gullar sizdan o`tmaydi. (x2)
Gul sotasiz – o`zingiz gul,
Rayhon bo`yli so`zingiz gul.
Lolalarning rangi urgan
Kulib turgan yuzingiz gul. (x2)
Atringiz atirguldan,
Dilim urib qo`ydi yo`ldan. (x2)
Ichim yondi, suv uzating
Oq bilakli oppoq qo`ldan. (x2)
Gul sotasiz – o`zingiz gul,
Rayhon bo`yli so`zingiz gul.
Lolalarning rangi urgan
Kulib turgan yuzingiz gul. (x2)
Sochingiz qop-qora sumbul,
Oshiqlaringiz muncha mo`l?! (x2)
Yuragini uzib Ilhom,
Tutqazdi sizga misli gul.
Yuragimni uzib qalbdan,
Tutqazay sizga misli gul.
Gul sotasiz – o`zingiz gul,
Rayhon bo`yli so`zingiz gul.
Lolalarning rangi urgan
Kulib turgan yuzingiz gul. (x2+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 18, 2021