Taqdir meni uloqtirdi uzoqlarga,
Tirikchilik, ro`zg`or degan tuzoqlarga.
Tuprog`imdan olislarda yashayapman,
Onam yopgan non emas, tosh tishlayapman.
Musofirlik omadidir pand yeganni,
Eh, asl yuzi ko`rinarkan do`st deganni.
Farzandlarim ilk qadamin ko`rolmadim,
So`nggi yo`lga otamni kuzatolmadim.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
Omonmisan, jufti halolim, yig`lamagin,
Tilka-pora yuragimni tig`lamagin.
Ona qizim, senga dastyor bo`p yurgandir,
Kenjatoyim, tili chiqib, gapirgandir.
Yolg`izlikda onajonim qiynalmasin,
Men yaxshiman, men haqimda o`ylamasin.
Muammolar, bu sinovlar ko`rinmasdi,
Otam hayot bo`lganida bilinmasdi.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
Suyanganim, ishonganim, tog`im ketdi,
Mening sajdagohim, qiblagohim ketdi.
O`zga yurtda qor kechib yurgandan ko`ra,
Qishloqdagi otangdan hol-ahvol so`ra.
Bu kunlar ham o`tib ketar, ishonaman,
Tez kunlarda ona yurtimga boraman.
Lekin afsus, nasihatlar ololmayman,
Qaytganimda otajonim ko`rolmayman.
Otajonim, otajon,
Qiyomatga qoldi siz bilan diydor.
Otajonim, otajon,
Duoyingizni ololmadim bir bor.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 28, 2021