Ba’zida ko`ramiz ayolmi bu erkak,
Ba’zida eshitamiz ma’nosiz gap-de.
Agar gaping bo`lmasa, gapirma, jim tur,
Sindirib qo`yma, bozorda sotilmas g`urur. (x2)

Bilaman ko`rolmaydiganlari ko`p,
Bilaman gapiradiganlari ko`p.
Ammo tushuna olmaganim do`stman deya,
Nega aldaganlari ko`p?

Har bir aytgan so`zingga javob berishing bor,
Har bir qilgan ishingga javob berishing bor.
Erkak bo`lib tug`ildik, erkak bo`lib yashab o`taylik,
Qani hamma xatolarimizni o`ylab ko`raylik.

Ba’zida balki qizg`onmayapmiz ayolimiz,
Ba’zida balki g`iybat oralab qolamiz.
Insonmiz, erkakmiz-a qani rashkimiz?
Erkaksan g`iybatdan qoch, qani g`ururimiz?

Yuraging ko`tarsa, qani borib yuziga ayt,
Aytolmaysan baribir, yaxshisi g`ibatdan qayt.
O`zganing ayoli, singlisi – yomon qarama,
Ko`rmaganingni ko`rdim, deb tuhmat qilma.

Ba’zida ko`ramiz ayolmi bu erkak,
Ba’zida eshitamiz ma’nosiz gap ey.
Agar gaping bo`lmasa, gapirma, jim tur,
Sindirib qo`yma, bozorda sotilmas g`urur. (x2)

Kam gap bo`lgin-o, ko`p gap gapirma,
Birovning haqiga xiyonat qilma.
Ba’zida aldadi birovning haqi uchun aha,
Nafsingni tiy, jilovla, ana xo`p-xo`p.

Kimgadir opa, kimgadir singil, o`yla,
Jonim, asalim, shakarim, desa suyulib ketma,
Ayol makri yomon, keyin afsuslanib yurma.

Yuraging ko`tarsa, qani borib yuziga ayt,
Aytolmaysan baribir, yaxshisi g`ibatdan qayt.
O`zganing ayoli, singlisi – yomon qarama,
Ko`rmaganingni ko`rdim, deb tuhmat qilma.

Ba’zida ko`ramiz ayolmi bu erkak,
Ba’zida eshitamiz ma’nosiz gap ey.
Agar gaping bo`lmasa, gapirma, jim tur,
Sindirib qo`yma, bozorda sotilmas g`urur. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
G’urur
Xonanda:
Shohruz (Abadiya)
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2021