Doston Ergashev - Xotinni onadan ustun qo'yganlar qo'shiq matni, lyrics

Doston Ergashev

Xotinni onadan ustun qo’yganlar

Zo`rman deydi, aslida xo`rday bo`ladi,
Ko`zi ochiq bir so`qir ko`rday bo`ladi,
Yashnamas bundaylar, faqat so`ladi,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Davralar to`rida joying bo`lsa ham,
So`ngida armoning, ko`zlaringda nam,
Tuyular dunyo ham senga nima kam,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar-ey.

Zolim bo`lma, onani qadrla, do`stim,
Umri evaziga yo`q kam-u ko`sting,
Ado bo`ldi u, sen esa o`sding,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar-ey.

Qadam bos, qadamda topilar xotin,
Ona topilmaydi, qamchila oting,
Poyiga sochgin sen bor bisoting,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Onangdek mehribon do`st topolmaysan,
Zulmat eshiklarin hech yopolmaysan,
Ming izla so`ngida, lek topolmaysan,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Qadam bos, qadamda topilar xotin,
Ona topilmaydi, qamchila oting,
Poyiga sochgin sen bor bisoting,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xotinni onadan ustun qo’yganlar
Xonanda:
Doston Ergashev
Muallif:
Jahongir Karimjonov
Bastakor:
Doston Ergashev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
@Sayfullo_080801
Sana:
April 26, 2021