Yuragi bir daryo, daryo-daryo, daryo onam,
Mehr-u muhabbati dunyo-dunyo, dunyo onam. (x2)
Boshimizni silab, umrimizni tilab duoda har kun,
Farishtadir go`yo, go`yo-go`yo, go`yo onam.
She’rlar o`qib bersam, ko`zimdan o`pib,
Qo`shiq aytib bersam, yuzimdan o`pib, (x2)
Aytgan allalarin mehrdan to`qib,
Qo`shig`imga shaydo, shaydo-shaydo, shaydo onam. (x2)
Yuragi bir daryo, daryo-daryo, daryo onam,
Mehr-u muhabbati dunyo-dunyo, dunyo onam. (x2)
Ko`zingiz quvnasin zavqimiz ko`rib,
Baxt ila barpo taxtimiz ko`rib. (x2)
Endi yashang bizning baxtimiz ko`rib, {x2}
Hayotimga ma’no, ma’no-ma’no, ma’no onam.
Yuragi bir daryo, daryo-daryo, daryo onam,
Mehr-u muhabbati dunyo-dunyo, dunyo onam. (x2)
Boshdagi tojimning gavharidirlar,
Yo`liga poyandoz jannati gullar. (x2)
Husniga mahliyo parilar, hurlar, {x2}
Mehr-u muhabbatda tanho, tanho, tanho onam.
Yuragi bir daryo, daryo-daryo, daryo onam,
Mehr-u muhabbati dunyo-dunyo, dunyo onam. (x2)
Mehr-u muhabbati dunyo-dunyo, dunyo onam,
Eh o`zimning dono, donoginam, dono onam.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Nozim Tolipov
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 27, 2021