Ko`cha sovuq, qalbimda qish,
Sensiz sovuq, sog`inchim cheksiz,
Bu sokin oqshomlar sensiz, sensiz.
Tengsiz hayot, ulanar har bir mazmunsiz xayol,
Dardlari ustun, sog`inchli yillar sensiz, yolg`iz.
Sog`inaman seni qayta-qayta,
Kimga ovunaman dardim ayta-ayta?
Gulday to`kilaman mayda-mayda,
Yog`ib to`kilaman yonimda bo`lmasang.
Sog`inaman seni qayta-qayta,
Kimga ovunaman dardim ayta-ayta?
Sensiz to`kilaman, mayda-mayda
Bo`lib to`kilaman, yomg`irday sochilib.
Yog`ar yomg`ir, bag`rim ezar,
Sensiz og`ir, dardim ezar,
Bu esgan shamollar yig`lar, yig`lar.
Kelgin, ovut qalbimni sen,
Qo`limdan tut, yoningda men,
Baxtliman yoningda birga senla.
Sog`inaman seni qayta-qayta,
Kimga ovunaman dardim ayta-ayta?
Gulday to`kilaman mayda-mayda,
Yog`ib to`kilaman yonimda bo`lmasang.
Sog`inaman seni qayta-qayta,
Kimga ovunaman dardim ayta-ayta?
Sensiz to`kilaman, mayda-mayda
Bo`lib to`kilaman, yomg`irday sochilib.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 2, 2021