Doston Ergashev - Yor bo'ldi qo'shiq matni, lyrics

Doston Ergashev

Yor bo’ldi

Ko`zlarimga keng dunyolar tor bo`ldi,
Sochlarimda alam-alam qor bo`ldi.
Sevaman deb aldab ketgan bevafo,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Qolib ketdim ko`zlarimdan oqib men yoshim,
Onajonim quchog`iga qo`yib men boshim.
Yuragimni pora qilib, ey bag`ritoshim,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Yor bo`ldi, yor bo`ldi,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.
Yor bo`ldi, yor bo`ldi,
Sevgan yorim mahallamga yor bo`ldi. (x2)

Oq liboslar qiz egnida yal-yal yonib,
Alamlarim ichga yutdim men bir tonib.
Ketgan edi muhabbatdan u tonib,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Ketgan edi muhabbatdan u tonib,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Bu ko`chadan endi hech o`tolmayman,
O`zgalarga dardlarim aytolmayman.
Bu yerlarda endi men yasholmayman,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Yor bo`ldi, yor bo`ldi,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.
Yor bo`ldi, yor bo`ldi,
Sevgan yorim mahallamga yor bo`ldi. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor bo’ldi
Xonanda:
Doston Ergashev
Muallif:
Jahongir Karimjonov
Bastakor:
Doston Ergashev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2021