Bojalar guruhi - Ona (2021) qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Ona (2021)

Odamlarga yoqaman deb qancha urindim,
Xom o‘tinni yoqaman deb qo‘lim kuydirdim.
Bugun o‘chmas haqiqatni yetib tushundim,
Meni onam suyganidek suymadi hech kim.

Yor mehrini qozonay deb bo‘ldim ovora,
Do‘st mehriga ilinay deb chaldim nog‘ora.
Boshimni urgancha urdim, anglab tobora,
Meni onam suyganidek suymadi hech kim.

Onam, onam, onam, mehribon onam,
Onam, onam, onam, duogo‘y onam.
Onam, onam, onam, chiroyligim onam,
Tunlari bedor kutgan jannatim onam.

Dardlarimdan o‘chganlari o‘chmadi dildan,
Men kimga zor intildimu, zor kuydim kimdan.
Olam bermagan mehrni topdim onamdan,
Meni onam suyganidek suymadi hech kim.

Shoir uchun baxshi bo‘ldim she’rlarim bilan,
Mag‘rur uchun yaxshi bo‘ldim g‘ururim bilan.
Agar biror suygan bo‘lsa qusurim bilan,
Meni onam suyganidek suymadi hech kim. {x2}

Onam, onam, onam, mehribon onam,
Onam, onam, onam, duogo‘y onam.
Onam, onam, onam, chiroyligim onam,
Tunlari bedor kutgan jannatim onam. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona (2021)
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bayko
Sana:
August 25, 2021