Doston Ergashev - Ey do'stim qo'shiq matni, lyrics

Doston Ergashev

Ey do’stim

Ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman,
Bu so’zlar bo’g’zimni tirnab chiqadi.
Kim bilar, qay holda, qachon qaytaman,
Men o’lsam, bu qo’shiqni kim ham aytadi?

Do’st bo’lib har doim o’ynadik, quvnadik,
Goh o’ksib dunyodan, to’yib yig’ladik.
Shoh bo’ldik, goh gado, lek ayrilmadik,
Men o’lsam, sen bilan kim do’st bo’ladi?

Mana bu go’zallar buguncha sevadi,
Xohlasa ertaga tashlab ham ketadi. (x2)
Sensiz ham, mensiz ham umri o’tadi,
Men o’lsam, men bilan sevgim o’ladi.

Ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman,
Bu so’zlar bo’g’zimni tirnab chiqadi.
Kim bilar, qay holda, qachon qaytaman,
Men o’lsam, bu qo’shiqni kim ham aytadi?

Buguncha shirin so’z aytib turibdi,
U boshqa bilan ham sevishib yuribdi.
Hozircha ichida o’ylab turibdi,
Men o’lsam, boshqani tanlab ketadi.

Ey do’stim, tinglagin, bir so’z aytaman,
Bor shunday do’stlaring – aslida dushman.
Chin do’stlar bag’rida o’z davringni sur,
Men o’lsam, qabrimga eslab kelib tur. (x1+x1)

Vaqting oz, juda oz, do’stginam, ulgur,
Bu hayot sinovga ko’mib yuborar.
Olg’a yur, yiqilma, do’stginam, yugur,
Ortingdan shaytonlar quvalab borar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey do’stim
Xonanda:
Doston Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 14, 2021