Oʻzgartirdim oʻzimni, atrofim yoqmaganda,
Foyda yoʻq boshqalarni ayblab, oʻzimni oqlagandan.
Yillar oʻtib oʻrgandim, koʻp bilishga, intilishga nimanidir xohlaganda
Qaniydi, menga ham kimdir shu gaplarni aytganda…
Endi boshlaganda, oʻn olti yosh boʻganimda
Koʻzim toʻla yosh boʻgandi.
Ishon, hali oqlanadi barcha bu yoʻqotilgan yillar soni,
Sening qoningda – jadidlar qoni!
Oʻzing ham ishonmasang, orzularing ushalmaydi,
Oʻzingga oʻzing ishonmasang, hech kim ishonmaydi.
Xohlasang ucha olasan, seni hech kim ushlolmaydi,
Oʻzing koʻtaril, yulduzlar oldingga tusholmaydi!
Bilaman, ahvol ogʻir a men ham oʻtganman koʻchangdan,
Meni ham jonimga tekkan, dimiqib yutganmanku changdan.
Nima ham oʻzgaradi, lekin qamalib oʻtirsang uychangda?
Men kurashaman oxirigacha, borim tikkanman bu jangda.
Kimsan? Qaysi makon tomon?
Oʻzing qayerdasan, qayda xonadon?
Ha-ya, hammasi boʻlsa yomon,
Dunyoni o’zgartir boshlab shu xonadan!
Gapni cheki yoʻq, xohlasang shu yerda qol,
Bahona bor senga (bahona bor senga).
Lekin yurganniki yoʻl, dunyodan haqqingni ol,
Bu xona tor senga!
Sen yolgʻizmassan, orzuying bor seni,
Bekorchimassan, oʻz mavzuying bor seni.
Aniq maqsad va makoning bor seni,
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni. (x2)
Qayerda boʻlsamda, musofir yo talaba,
Men Oʻzbekistonlikman, qonimda gʻalaba!
Bu mening qonimda – har kuni intilish
Sal koʻproq bilishga; ishni yaxshiroq qilish.
Bu meni qonimda yurish, mayli baʼzan qoqilish,
Yiqilsa yana turish, oʻzimga kelajak qurish.
Bu meni qonimda emas – kuni bilan nolish,
Kechagi kunda qolish, kurashmasdan tolish.
Bu meni qonimda emas – yomonlik saqlab oʻch olish,
Xarom haq olish. Juda muhim eslab qolish!
Sen yolgʻizmassan, orzuying bor seni,
Bekorchimassan, oʻz mavzuying bor seni.
Aniq maqsad va makoning bor seni,
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 20, 2023