Rayhon - Sog'inch

Rayhon

Sog’inch

Uchib keladi bu qushlar yonimga,
Olib keladi sendan xabarlar.
Voz kechibsan aytgan so’zlaringdan,
Aytar bo’lding-ku buni ko’zlaringdan.
Nigohing anglatar menga, jonginam,
Dilimni azoblarga tashlama.

Meni, tark etding sen meni,
Tark etding sen meni,
Yuragimga qayg’u solding meni.

Qoldi, sog’inch yoshlari qoldi,
Sog’inch yoshlari qoldi,
Yuragim sog’inar, senga u talpinar.

Sen bo’lmasang yonimda, jonim,
Yasholmasman hayotda bir zum.
Orzuimsan, senda xayollarim,
Bag’ishlarman senga hayotimni.
Jonginam, sensiz men yasholmasman,
Dilimni azoblarga tashlama.

Meni, tark etding sen meni,
Tark etding sen meni,
Yuragimga qayg’u solding meni.

Qoldi, sog’inch yoshlari qoldi,
Sog’inch yoshlari qoldi,
Yuragim sog’inar, senga u talpinar.

Har so’zing, nigohlaring
Ko’z oldimda qolgan.
Borarman ortingdan,
Sen bosgan izlardan.

Meni, tark etding sen meni,
Tark etding sen meni,
Yuragimga qayg’u solding meni.

Qoldi, sog’inch yoshlari qoldi,
Sog’inch yoshlari qoldi,
Yuragim sog’inar, senga u talpinar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inch
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 14, 2015