Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)
O’sha toshloq ko’changda
O’tib, qaytgan izim bor, (x2)
Senga aytolmay qolgan
Bittagina so’zim bor. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo’lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)
(Heey) Sho’x yoshlikni o’tkazdim,
Qarab-qarab yuzingga, (x2)
Oh, bilsayding zorligim
“Sevdim” degan so’zingga. (x2)
Baxt to’ying bo’lgan kecha
Ko’zlarimdan yosh oqdi, {x2}
Egningdagi oq libos
Yuragimga o’t yoqdi. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo’lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x3)
(Heey) Bilib qolib sevganim,
Eshitdim, ho’b kuyibsan, (x2)
Havas bilan o’g’lingga
Adham deb nom qo’yibsan.
Havas bilan o’g’lingga
Hushvaqt deb nom qo’yibsan.
Aybdor men o’zimman,
Sen o’kinmagin faqat, (x2)
Aytolmadim-da senga
Sevishimni, Muhabbat. (x2)
Muhabbatjon, Muhabbat,
Qaytmasliging bilaman, {x2}
Kech bo’lsa ham aytayin –
Seni jondan sevaman. (x2)
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq,
Yaqu-yaqu, yaqu-yaq. (x4)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 5, 2015