Ravshan Komilov - Toshkentlik

Ravshan Komilov

Toshkentlik

Oq bilak oyim Toshkentlik,
Tomog’ining tagi marjonlik. (x2)
O’ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

Nega o’ynamaydi, kulmaydi-ey?
Akasining qadrin bilmaydi.

O’zi go’zal qiz ekan,
Buncha shirin so’z ekan. (x2)
Qaddi-qomati kelishgan,
Buncha chaqqon qiz ekan. (x2)

Oq bilak oyim Toshkentlik,
Tomog’ining tagi marjonlik. (x2)
O’ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

Man ketaman, ko’rib qol,
Orqa soching o’rib qol. (x2)
Sog’inganda ko’rarsan,
Suratimni olib qol.

Sog’inganda ko’rarsan-ey,
Yor, suratimni olib qol.

Oq bilak oyim Toshkentlik,
Tomog’ining tagi marjonlik. (x2)
O’ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

Hech o’ynamaydi, kulmaydi,
Akasining qadrin bilmaydi.

Nega o’ynamaydi, kulmaydi-ey?
Akasining qadrin bilmaydi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Toshkentlik
Xonanda:
Ravshan Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015