Hayratdan tosh qotgan oq qorlar guvoh,
Tog’larga to’sh urgan oq qorlar guvoh,
Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh,
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil. (x2)

Shahrizoda aytsin ertaklarida,
Atirgulga baytsiz kurtaklarida,
Muhabbatning ma’yus ertaklarida
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.
Muhabbatning ma’yus ertaklarida
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil. (x2)

Gullardan kovush to’qib oyoqlaringizga,
Rayhonlar o’stiray dudoqlaringizga, (x2)
She’rlar aytar bo’lib quloqlarizga,
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil. {x2}
She’rlar aytar bo’lib quloqlarizga,
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil. {x2}

Hayratdan tosh qotgan oq qorlar guvoh,
Tog’larga to’sh urgan oq qorlar guvoh,
Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh,
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ming yil
Xonanda:
Vohid Abdulhakim
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015

O'xshash qo'shiqlar matnlari