Fursatlar o’tadi, sezilmas go’yo,
Ko’p qonlar, nechundir bilinmas ro’yo,
Oqib ketaverar daryo-yu dunyo.

Savob izlagan bor, qilib ibodat,
Kimlardir quradi qasru-imorat,
To’kinlik istaydi asli sahovat.

Hayot esa mudom etadi davom,
Bahor gullar sochar, sizga ehtirom.
Yaxshidan hamisha qolar yaxshi nom,
Hayot esa mudom etadi davom.

Halollar bilingay nasib zotidan,
Kechganlar bo’lmasa e’tiqodidan,
Komillar chiqmagay elning yodidan.

Fursatlar o’tadi, sezilmas go’yo,
Ko’p qonlar, nechundir bilinmas ro’yo,
Oqib ketaverar daryo-yu dunyo.

Hayot esa mudom etadi davom,
Bahor gullar sochar, sizga ehtirom.
Yaxshidan hamisha qolar yaxshi nom,
Hayot esa mudom etadi davom. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot
Xonanda:
San'at guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2015