Eslaylik agarda kechalar yog’sa yomg’ir,
Bu degani – mani ko’zlarimdagi yoshimdir.
Agarda kelganida kuz tokilmasa barglar,
Bu degani – man xazonman, ustimda dardlar.
Agarda kelganda bahor ochilmasa gullar,
Bu degani – man yo’qman, lek yashar tuyg’ular.
Afsuski, u tuyg’ularga egadir o’zgalar,
Nahotki endi seni erkalar o’zga qo’llar?
Qani endi ketganingga bo’lganda bir aniq sabab,
Kechalari qiynalmasdim, buzilmasdi asab.
Ko’zlarim nam bo’lmasdi uyg’onganda ertalab,
Tushlarimga kirasan o’zgalarni erkalab.
Endi sani qaytarish
Oqayotgan suvni ortiga oqishi kerakdek gap.
Endi qilmay qancha harakat, hammasi befoyda.
Sevgida yo’q qoida,
Sen mendan ketgansan, lek sababi nimada?
Ketma deya ulgurmadim senga,
O’zga uzatgan gullarni alishdingmi menga?
Kerakmas edi oltinlardan dunyo menga.
Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas,
Meni unutgan ul, unutgim kelmas.
Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas, kelmas.
Bugun sani tushumda ko’rdim o’zga bilan,
Yuzingda tabassum, qo’lingda qullar bilan.
Cheksiz sog’inchlar bilan uyg’onib ketdim,
Tush ekan-ku deya xursand bo’lib ketdim.
Ertasiga o’sha holda turarding haqiqatdan,
Ko’l bo’ldi ko’z yoshlarim, chiday olmay alamdan.
O’sha kunlar tabassum, men unutilgan bo’ldim,
Keldi tushim o’ngidan – uni o’zga bilan ko’rdim.
Bugun tushunib yetdim – sani bir umrga yo’qotdim,
Lek ortingdan yig’lab qoldi qalbimdagi hislarim.
Allohim, qilmishiga jim ketdim-u, lek ichimdan dodladim,
Bir so’z aytolmadim.
Nam ko’rmagan ko’zlarimni aylantirdi-ku ko’lga,
Go’zal visoli misoli o’xshardi oltin to’rga.
O’sha to’rning har tolasi yo’l bermas unutishga,
Achinib o’tgan kunga, izlayman sabab bunga.
Men tunu-kun o’ylab-o’ylab, ketganingga izlab sabab,
Kutardim suratga qarab, deya qaytargin uni, yo Rab.
O’zim-o’zimdan so’rayman, nedir aybim bilolmayman,
Sen ketding besabab mendan, izlayman sabab bunga.
Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas,
Meni unutgan ul, unutgim kelmas.
Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas, kelmas.
Seni taqdir uchratgandi menga,
Sen bog’lab olganding o’z qalbingga.
Kimni deya tark etding sen meni?
Aytgin, jonginam.
(Ne bo’lsa bo’lgan, unga qaytolmayman,
Uni unutganman, uni deyolmayman. (x2))
Ketma deya ulgurmadim senga,
O’zga uzatgan gullarni alishdingmi menga?
Kerakmas edi oltinlardan dunyo menga.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 22, 2015