Yenglik liboslardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang’och, yalang, och ko’zlar. (x2)
Olislarda esa suvlar sepishar,
Ko’ylaklari bilan cho’milgan qizlar. (x2)
Shahar qizg’onmaydi xiyobonlarin,
Sun’iy ko’lini-yu qayiqlarini.
Ammo dil qo’msaydi sokin bog’larning
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Ammo dil qo’msaydi sokin bog’larning
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Shahar ko’p narsani menga o’rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo’lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo’lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham…
Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongki, namlidir bu kun ham ko’zlar.
Axir tushimda ham suvlar sepishar,
Ko’ylaklari bilan cho’milgan qizlar.
Axir tushimda ham suvlar sepishar,
Ko’ylaklari bilan cho’milgan qizlar.
Ko’ylaklari bilan cho’milgan qizlar…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 30, 2015