Manzura - Tushlarimga kir

Manzura

Tushlarimga kir

Osmon ham mahzun, yolg’izlik uzun,
Yana mehringsiz o’tmoqda tun.
Umidim yig’lar, so’ndi orzular,
Sevgimiz muzlar ro’yolardan.

Tushlarimga kir, erkalab gapir,
Men ham aytaman dil izhorim.
Tark etma meni, shirin tushimni,
Qanchalar kutdim yo’g’u-borim.

Qayg’urmagin men haqimda,
Neki bo’lsa, bu taqdirdan.

Yonma-yon emas bu yo’llarimiz,
Senga qarayman, olisdan jim.
Uyg’ongim kelmas, yo’qotgim kelmas,
Tomadi tinmay bu ko’z yoshim.

Tushlarimga kir, erkalab gapir,
Men ham aytaman dil izhorim.
Tark etma meni, shirin tushimni,
Qanchalar kutdim yo’g’u-borim.
Qayg’urmagin men haqimda,
Neki bo’lsa, bu taqdirdan. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tushlarimga kir
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2015