Sokin tunlar qayg`u ko`zlaringda,
Tinmay eslab, orzu yuragingda,
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni ro`yodan izlaysan.
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men bo`lay.
Unutib bilmaysan, orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni buncha qiynaysan?
Ijozat ber, tushlaringda mehmoning bo`lay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay.
Sevishdan tinmaysan, orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir o`zgada yuragim, bilmaysan.
Har on sevgi, orzu shahridasan,
Xayol ichra baxting qasridasan,
Qanday senga so`zlarim yetkazay?
Faqatgina orzuingda yashay.
Mahzun tunlar orzu xayolingda,
Ma’yus yig`lab, qayg`u ko`zlaringda.
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni ro`yodan izlaysan.
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men bo`lay.
Unutib bilmaysan, orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni buncha qiynaysan?
Ijozat ber, tushlaringda mehmoning bo`lay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay.
Sevishdan tinmaysan, orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir o`zgada yuragim, bilmaysan.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 31, 2015