Shoxrux - 24 soat

Shoxrux

24 soat

Twenty four…

You hear me man i’ma livin in a danger, i’ma mista flanger,
Xaridoriman xatarning, agarda kelmasa omadim undan ham battarning.
Olam qoplandi bulut bilan, unda to`la g`am,
Man berkinaman tahmindan, kutilmagan mehmondan.

Adrenalimni kuydirib, haroratimni oshiradigan vaziyatdan,
Qorong`u ko`chadagi egri hol zulmatdan,
Bo`lari bo`lsin, endi-da yo`qotadiganim yo`q,
Yuragimni nazarimda ko`zlaydi hali-da otilmagan o`q.

Kim biladi bugunda borman, masalan, ertaga yo`q,
Kun davomida butun umring o`tari, ehtimoliga qarshi doim tayyor tur.
Xohlasang o`ylanu, xohlasang-u davr sur,
Natijada yig`laydi ko`zlar emas qalbing,
Joyidan ko`chadi, tinchimagan xayoling.

24 soat butun umrimga teng,
24 soat dunyo bir tor, bir keng,
Ulgurdim, ulgurmadim, nari borsa holim,
I’ma dead man, then i’ma dead man. (x2)

Twenty four… twenty four… twenty four…

Ortimni ko`rganimni ko`rmadim endi-da ham,
Qanchalik uringanimda ham, o`tmishda qilingan xatolarimni
Qaytarmasligimdagi harakatim bermadi hosil,
Quvmadim, quvildim, quvvatim yetmagani bo`ldi zil,
Yaralganim shu asl, behazil.

Millimetrli hayotdagi o`zgarish umuman boshqa yo`llarga
Solib sarson qilishi rost (man), xayol emas.
Tezligimni hamma masala bo`yicha oshirishim kerak,
Vazifalarim oxiriga yetqazish uchun,
Yashashga ulgurish uchun, rozi rizoligi minnatdorchilikni
Vijdon bilan ustimga libos qilib kiyish uchun,
Yaqinlarimning ko`zlariga boqib turib, tabassum qilib so`zlarimni
Aytib qolish uchun, shoshilim kerak,
Uyog`i nima bo`lsa ham bo`ldi, jim.

24 soat butun umrimga teng,
24 soat dunyo bir tor, bir keng,
Ulgurdim, ulgurmadim, nari borsa holim,
I’ma dead man, then i’ma dead man. (x2)

Twenty four… twenty four… twenty four…

24 soat butun umrimga teng,
24 soat dunyo bir tor, bir keng,
Ulgurdim, ulgurmadim, nari borsa holim,
I’ma dead man, then i’ma dead man. (x2)

Twenty four… twenty four… twenty four…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
24 soat
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2015