Shoxrux feat. Afruz guruhi - Kerak emas

Afruz guruhi, Shoxrux

Kerak emas

U oboradi har manzil, eziladi dil,
Yurakda ishq paydo bo’lsa, diqqat qil.
U ozdiradi aqldan, voz kechdiradi har nedan,
Rejalaring bo’lsa, unut,
Kechalari uyquni unut,
Bundan buyon u boshqaradi etib nobud.

Yuragimni qozonib, tinchimni o’g’irlasa,
Netarimni bilmayman, yo’llarimda ro’para bo’lsa,
Ko’zlarimni uza olmayman.

Kerak emas oltindan tog’lar,
Talabim nozik nafas, samimiy ko’zlar.
Kerak emas olamdan ora,
Hech narsa afzal emas, o’zingdan o’zga.

Yo’l bosilib o’tar, o’tar zamon, holat esa har xil,
Bo’lishi mumkin yaxshi yoki yomon, bo’l omon.
Ko’chalarda xazon, maqsad ustun,
Yurakda hijron, ishq dardiga chalinadigan bo’lsang bil,
Bu dardga yo’q davo, davom etadi nolon, davom etar nolon.

Yuragimni qozonib, tinchimni o’g’irlasa,
Netarimni bilmayman, yo’llarimda ro’para bo’lsa,
Ko’zlarimni uza olmayman.

Kerak emas oltindan tog’lar,
Talabim nozik nafas, samimiy ko’zlar.
Kerak emas olamdan ora,
Hech narsa afzal emas, o’zingdan o’zga.

Berilsaki, qani bir mazmunda savollaringga javob,
O’yla, o’zing izla, top, bo’lib qolaveradi natijada holat.
Ko’zlaringni ko’r qilib qo’ygan bo’lsa nafosat,
So’zga yo’q hojat, shu kuyishingda qolmadi gasht.
Nihoyasiga yetay deb qoldi ko’ngil sarguzasht,
Albatta vaqt o’tib har narsa unutilar,
Lekin ko’ngilda esa o’chmas iz qolar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kerak emas
Xonanda:
Afruz guruhi, Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2015