Osmon yig’lar, go’yoki mening
Qismatimga achinar.
Soat sayin bu umrimning
So’nggi oni yaqinlashar.
Meni jonidan sevgan azizim,
Kutgan baxting berolmayman.
Seni mendek chin dilidan sevar,
Sodiq yurakka beraman.
O hayot, o hayot,
To’ymadim senga, hayot.
Ayirar qismat shirin bag’ringdan,
Tayyorman bunga, hayot.
O hayot, o hayot!
Ulgurmadim qadrdonlarga
Burchimni ado etishga.
Ulguray lekin sal bo’lsa ham,
Mehrini so’ndirishga.
Toki ular hech ozor chekmasin
Bevaqt judolikdan.
Mehribonlarim, hayotingizdan
Ketsam edi bilinmasdan.
O hayot, o hayot,
To’ymadim senga, hayot.
Ayirar qismat shirin bag’ringdan,
Tayyorman bunga, hayot. (x2)
Tayyorman bunga, hayot…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 28, 2015