O`tar yillar, o`tar kunlar,
Bema’no, qorong`u tunlar.
Bizlarga parvo qilmay
Vaqt bizdan o`tib ketar.

Yurakka orzu to`lar,
Lekin ular armon bo`lar,
Qayg`udan yiroqlarda
Baxtimiz qachon kular? (x2)

Imkon bergin, ortga qaytaylik,
Umrimizni xazon etmaylik.
Imkon bergin xato qilmaylik,
Vaqtimizning qadriga yetalik. (x2)

Dilda alam, qalblar yig`lar,
Bu dardlar qachon tugar?
Armon aylab umidlarim,
Vaqt bizdan ustun kelar.

Yurakka orzu to`lar,
Lekin ular armon bo`lar,
Qayg`udan yiroqlarda
Baxtimiz qachon kular? (x2)

Imkon bergin, ortga qaytaylik,
Umrimizni xazon etmaylik.
Imkon bergin xato qilmaylik,
Vaqtimizning qadriga yetalik. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vaqt
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2016