ForMusic Pro - Endi yo'q

ForMusic Pro

Endi yo’q

Osmonda yulduzlar har tomondan chorlar,
O`z dog`iga tortardi hatto bizni dengizlar.
Ushalmas orzu bo`ldi, cheki yo`q zulmat bo`ldi,
Bizning sevgi ertaklar, tillarga noo`rin bo`ldi.

Endi baxtlimisan, meni unutib, aytgin?
Mo`jizali kunlarni, jonim, unutmagin.
Qalbim berar buyruq, vaqt o`tib sog`indimku,
Nega tushunmaysan, yurak, u bizni unutganku.

Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.

Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)

Ne uchun yosh to`kasan, qani menga ayt,
Quyosh bo`lib nurim sochganimmi ayb?
Faqat ayblama, aybim tan olaman,
Xom xayolga berilib qolganman.

Balkim sen orzu qilgandek bo`la olmadim,
Qimmatbaho sovg`a hadya etolmadim.
Lek beroldim senga oz bo`lsada baxt,
Arzon baxt uchun yig`lashing shart emas.

Eslasam o`sha kun, yomg`irli oqshom,
Yodimdan chiqmaydi hattoki bir on.
Bag`rimga bosgandim, labingdan o`pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.

Ko`zingga termulsam, ko`zing sevgidan so`zlar,
Sovuqda lablaring lablarimni qo`msar.
Endi bu so`zlarni senga aytish befoyda,
O`ylaganimdek sevgida yo`q ekan qoida.

Endi ortga qaytmaydi, hou-vou,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.

Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)

(Eslasam o`sha kun, yomg`irli oqshom,
Bag`rimga bosgandim, labingdan o`pgandim,
Seni sovuq shamollardan asragan edim.)

Endi ortga qaytmaydi,
Ko`z yosh to`kib yig`laydi.

Endi yo`q bizning kulgu,
Endi yo`q bizda qayg`u.
Endi yo`q bizning tuyg`u,
Bu shunchaki orzu. (x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Endi yo’q
Xonanda:
ForMusic Pro
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016