Shuhrat Daryo - Yo'lchi yulduz

Shuhrat Daryo

Yo’lchi yulduz

Yurak degan bekor yonmagay aslo,
Yonib kuyganidan qonmagay aslo.
Topib, suyganidan tonmagay aslo,
Odamzotga yo’lchi yulduz muhabbat.

Muhabbat… Muhabbat…

Dard bilmas, deydilar, tanasi boshqa,
Tanasi boshqalar g`am solar boshga.
Sevilgan bosh borib tegmasin toshga,
Odamzotga yo’lchi yulduz muhabbat.

Muhabbat… Muhabbat…

Nimalar bo`lyapti senga, ey yurak,
Yirog`ing yaqindir, yaqining yiroq.
Shodliging bir jahon, yig`laysan biroq,
Odamzotga yo’lchi yulduz muhabbat.

Muhabbat… Muhabbat…

Qayg`u shami nahot shuncha tez so`ngay,
Baxtning yo`li nahot shunchalar o`ng`ay.
Ko`ngil qushim endi senga yukingay,
Odamzotga yo’lchi yulduz muhabbat.

Muhabbat… Muhabbat…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo’lchi yulduz
Xonanda:
Shuhrat Daryo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 24, 2016