Yuragim to`xtovsiz urmoqda,
Tunim behuzur bo`lmoqda.
Xayolim bir nishon bermoqda,
Senga nimadir bo`ldimi?
Yomg`ir bo`lib yig`layapman,
Ko`ksim mushtlab tig`layapman,
Ne qilarim bilmayapman, yor. (x2)
Kunlarim o`tmay qoldi,
Tunlarim o`tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo`ldimi?
Ohlarim bir bayt, jonim,
Halovatga qayt, jonim.
Xastamisan, ayt, jonim,
Senga nimadir bo`ldimi?
Hijron qilmasin adovat,
Diydor ko`rsatsin sahovat,
Xudoga topshirdim seni omonat. (x2)
Kunlarim o`tmay qoldi,
Tunlarim o`tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo`ldimi?
Ko`zyoshlaring bo`ldi art,
Yuqtirmayman biror gard.
Baxtga sodiq bitta mard –
Yonginangda men borman.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 6, 2016