Ertalab azon yo`l olaman “lager” tomon,
Uch haftadan beri bu hol etadi davom,
Sevgan yorim nimalarni qiladi havas?
Kecha oltin baliqchani qilgandi “zakaz”.
Magazinda sotiladi baliq kilolik,
“No” va’da qilganimga o`xshamaydi unchalik.
Yorimning ko`ngli nozik bo`lmasa bunchalik,
Tilla tanga baliqchani qayerdan olay?
Bog`chada bo`ldik birga,
Maktabda urushdik rosa,
Oliygohda ham birga,
Bog`landik bir umrga. (x2)
Apelsin-u, ananas-u, banan-u, kokos,
Faqat yo`q narsani so`ramagin, iltimos.
Qidirib topgan narsamni keltirsam hamon,
“Svejiy”ligidan negadir qilasan gumon.
Magazinda sotiladi baliq kilolik,
“No” va’da qilganimga o`xshamaydi unchalik.
Yorimning ko`ngli nozik bo`lmasa bunchalik,
Tilla baliqchadan “manniy kasha” foydali.
Bog`chada bo`ldik birga,
Maktabda urushdik rosa,
Oliygohda ham birga,
Bog`landik bir umrga. (x2+x2)
Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 2, 2016