Afsona - Na bo'ldi

Afsona

Na bo’ldi

Necha yildir ahdu-paymon bor edi,
Bugun boqding san boshqacha, na bo’ldi? (x2)
Dillar maftun, ko’zlar intizor edi,
Yuragingda sezdim bir dard, na bo’ldi? (x2)

Sanga na bo’ldi?
Sanga na bo’ldi? Sanga na bo’ldi?
Jonim, na bo’ldi?
Yorim, na bo’ldi? Sanga na bo’ldi? (x2)

Man tomona qaramading, kuydirding,
Shuning akan, nachun avval suydirding? (x2)
Ko’z uchindan qarab, bag’rim o’ydirding? (x2)
Bir joninga ming bir jonim, na bo’ldi? (x2)

Sanga na bo’ldi?
Sanga na bo’ldi? Sanga na bo’ldi?
Jonim, na bo’ldi?
Yorim, na bo’ldi? Sanga na bo’ldi? (x2)

Diling og’ridimi, ko’ngling qoldimi
Yo mehringni boshqa birov oldimi? (x2)
Ag’yorning uyinda chiroq yondimi? (x2)
Yetmadimi ohu zoring, na bo’ldi? (x2)

Sanga na bo’ldi?
Sanga na bo’ldi? Sanga na bo’ldi?
Jonim, na bo’ldi?
Yorim, na bo’ldi? Sanga na bo’ldi? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Na bo’ldi
Xonanda:
Afsona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 15, 2014